"Real" bosh murabbiy Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 14-turida "Atletik"ga qarshi uchrashuvda yarimhimoyachi Garet Beylning xizmatidan foydalana olmaydi.
Marca nashriga ko'ra, uelslik futbolchi Ispaniya kubogida "Fuenlabrada"ga qarshi o'yindan so'ng o'zini yaxshi his qilmagan. Futbolchi golli uzatma oshirib murabbiyning maqtoviga sazovor bo'lgan edi. Madridliklarning murabbiylar shtabi Beylning sog'ligiga zarracha tavakkal qilmoqchi emas.
Uchrashuv 2 dekabr kuni bo'lib o'tadi.