Londonning "Arsenal" klubi 32 yoshli yarimhimoyachisi Santi Kasorla yana bir jarrohlik operatsiyasini o'tkazishni ma'lum qildi.
Ispaniyalik yarimhimoyachi 2016-yil oktyabr oyidan beri rasmiy o'yinlarda maydonga tushmadi va bugun u twitterdagi sahifasida yana bir operatsiyani boshidan o'tkazishini ma'lum qildi. Buni eshitgan uning terma jamaodagi do'stlari Iker Kasilyas, Serhio Ramos, David Silva, Jordi Alba, David Vilya... futbolchini qo'llab-quvvatladi. Shuningdek, Ispaniya futbol fedratsiyasi ham Kasorlani doimo qo'lalshini ma'lum qildi.
"Biz sen bilan eng yaxshi davrlarni o'tkazdik, fenomen. Sen juda kuchlisan", - deya fikr bildiradi Iker Kasilyas.
"O'rningdan tur, bolakay. Sen juda kuchlisan. Maydonda sen yetishmayapsan", - David Silva.
"Do'stim, futbol senga muxtoj. Sen barchamizga quvonch va baxt olib kelish uchun qaytasan. Boshingni baland tut, nafratlanma. Biz sen bilan. Men seni eng yaxshi tilaklar bilan quchib qolaman", - deydi Ramos.