"Real"ning sobiq yarimhimoyachisi Luish Figu jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning ishiga yuqori baho berdi. Figu frantsiyalik mutaxassis bilan o'z vaqtida madridliklar safida birga o'ynagan.
"Real"day klubda hamma futbolchilarning ko'nglini olish qiyin. Gap eng yuqori mahoratli o'yinchilar haqida ketmoqda. Futbolchilar har doim o'ynashni istaydilar, agar kamroq maydonga tushadigan bo'lsalar, norozilik bildiradilar.
Zidan murabbiy bo'ladi deb o'ylamagan edim. Ammo u o'z ishini a'lo darajada uddalamoqda. Bundan yaxshiroq ishlash mumkin emas. Uning do'sti sifatida u "Real"ni uzoq vaqt boshqarishiga umid qilaman", - deydi Figu.