Fransiyaning "Pari-Sent-Jermen" klubi hujumchisi Neymarning otasi va agenti o'glining qanchalik "Real"ga o'tishi haqiqat ekanligi borasida fikr bildirib o'tdi.
"Vaziyatlar tezda o'zgarmoqda. Hozirda bunday g'oyalar yo'q, lekin men 5-6 yildan so'ng bu narsa sodir bo'lmaydi deb va'da berolmayman. O'g'limning "PSJ" bilan shartnomasi 2022-yilgacha mo'ljallangan. Uning yangi jamoada ish boshlaganiga 3 oy bo'ldi, sizlar esa yana yangi jamoa haqida gapirayapsizlar. Neymar umuman Yevropani tark etish haqida o'ylamayapdi. Bizning vazifa Yevropada karerani davom ettirish. Balki bir necha yillardan so'ng u vatanga "Palmeyras", "Flamengo" yoki "Santos"ga qaytar", - deydi futbolching otasi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Neymar "Real"dan faqatgina Krishtianu Ronaldu ketganidan so'ng Madridga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida xabar berib o'tgan edik.