Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ziko "Real" va "Flamengo"ni 16 yoshli Vinisius Junior bilan ehtiyotkorona ish tutishlarini maslahat berdi.
16 yoshli futbolchi 2018 yildan madridliklar safini to'ldiradi.
"Junior masalasida ehtiyot bo'lish kerak, undan ko'p narsa kutish unga yomon ta'sir qilishi mumkin. U bor-yo'g'i 16 yoshda, ammo hamma undan maydonga tushini kutyapti va bosim o'tkazyapti.
Albatta, uning niyatlari yaxshi, ammo xotirjamlikni saqlashi kerak. Unga bosim o'tkazmaslik kerak", - deydi Ziko.