"PSJ" dorvardi Neymar Juniorning "Real"ga o'tishi borasida mish-mishlar davom etmoqda. Don Balon nashrining xabariga ko'ra Neymar "PSJ"ga o'tganidan afsusda, Fransiya futboli u kutgandek bo'lib chiqmadi va futbolchi yana Ispaniyaga qaytishni xohlayotgani ma'lum qilindi. Bartameu va Neymar munosabatidan so'ng braziliyalik hujumchining "Barselona"ga qaytishi ilojsiz narsaga aylandi va OAV tomonidan Ispaniyada Neymarni sotib olishga qurbi yetadigan yagona klub Madridning "Real" klubi deya ta'rif berilmoqda.
Yuqorida nashr xabariga ko'ra Neymar ham allaqachon madridliklarga ultimatum qo'yishga ulgurgan. 24 yoshli futbolchi "Real"dan faqatgina Krishtianu Ronaldu ketganidan so'ng madridliklar sharafini himoya qilishini ta'kidlab o'tgan.