Madridning "Real" klubi darvozabon Kiko Kasilyani transferga qo'yishni rejalashtirmoqda.
Madridliklar rahbarlari 31 yoshli darvozabonni transferga qo'yishga qaror qabul qilishgan. 3 mavsumdan beri Kiko Navasning o'rinbosari sifatida maydonga tushib keldi. Hozirgacha ispaniyalik darvozabon "Real" libosida 34 ta o'yinda maydonga tushishga muvaffaq bo'lgan.
Keyingi yozda "Qirollik klubi" yangi darvozabon xarid qiladi. Hozircha bu o'ringa asosiy nomzod "Atletik" golkiperi Kepa Arrisabalaga bo'lib turubdi.