“Real” sardori Serxio Ramos “Atletiko”ga qarshi o'yinda burnini sindirib olgandi. Natijada “APOEL”ga qarish o'yinni o'tkazib yuborgandi. Oldinroq Ramosning noyabrda boshqa maydonga tushmasligi xabar qilingandi. Biroq futbolchi maxsus niqobdan foydalanishga qaror qildi va “Malaga”ga qarshi maydonga tushadi.
“Ramos niqobining o'ng ko'zining pastki qismiga quyidagi jumlani yozdirdi: “G'ayrat bilan ishla, ko'prog'ini orzu qil”.