"Real Madrid" va Kolumbiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Xames Rodrigez "Qirollik klubi"ga qaytishni istamaydi. Bu haqida kolumbiyalik qo'shiqchi, Rodrigezning do'sti Pipe Peleas xabar berib o'tadi.
"So'nggi marta Xames bilan gaplashganimda u "Real"ga qaytishni xohlamasligini aytib o'tgan edi. Va bu haqida boshqa undan so'ramasligimni aytdi", - deya fikr bildiradi Peleas.
Eslatib o'tamiz, Xamesning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilda yakuniga yetadi va u hozirda "Bavariya"da 2019-yilgacha qayta sotib olish huquqi bilan ijara asosida to'p surmoqda.