"Qirollik klubi"ning yakkayu yagona hujumchisi Karim Benzema Real Madrid TV hodimlariga intervyu berib o'tdi.
"Men uchun bunday gollarni "Madrid" libosida kiritish faxr. Bu yerda men ishlayapman va jamoadoshlarimga yordam berayapman, biroq bugungi kun men uchun eng asosiy, chunki men "Madrid" afsonalaridan biri Pako Xentoning rekordini yangiladim. Bu menga keyingi o'yinlar uchun katta kuch baxshlaydi. "Qirollik klubi"ga kelgan ilk kunimdan menga ko'pchilik ishonqiramay qaragan edi. Men tinmay mehnat qildim va buning samaralari bir necha marotaba ko'rdim. Men maydonda gol kiritish uchun 2 karra xohish bilan o'ynayman, lekin dastlabki vazifa jamoadoshlariga yordam berish va g'alaba. Albatta, hujumchining vazifasi gol kiritish. Lekin shaxsan men uchun hujumchi degani faqat gol kiritish emas", - deydi Benzema.
La Liga: 13-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring