«Flamengo» klubining 16 yoshli hujumchisi Vinisius Junior «Real» futbolchisiga aylanadi.
Bu haqda «Qirollik klubi» rasmiy bayonot berdi.
Braziliyada «Yangi Neymar» laqabini olgan futbolchining transfer huquqi 2018 yil yozidan boshlab «Real»niki bo'ladi. Chunki Ispaniya qonunlariga ko'ra, 18 yoshgacha to'lmagan futbolchilar bilan shartnoma imzolash mumkin emas.
Junior 2019 yilgacha «Flamengo» klubi tarkibida o'ynaydi. Agar jamoalar kelishuvga erishsa, undan oldin ham «Real» safiga kelib qo'shilishi mumkin.
Avvalroq, futbolchining transfer narxi 45 mln evro bo'lishi haqida xabarlar chiqqan edi.