"Real" hujumchisi Marko Asensio jamoaning navbatdagi o'yinlarida maydonga tusha olmaydi. Futbolchi APOELga qarshi bo'lib o'tgan EChL bahsida mushagidan jarohat oldi. Bu haqida madridliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
21 yoshli futbolchi La liganing 13-turi doirasida "Malaga"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, u, katta ehtimol bilan, 2 dekabr kuni Bilbaoda "Atletik" bilan bo'ladigan o'yinda ham maydonga tusha olmaydi.
"Asensio kichik jarohat oldi, ammo u bir necha kun maydonga tushmaydi. U jarohatini chuqurlashtirib olganidan ko'ra keraklicha davolangani yaxshi", – deya Asensioning holati haqida baho berdi Zayniddin Zidan.