Madridning «Real» klubi va Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges ijara asosida Myunxenning «Bavariya» klubida to'p surmoqda va “Qirollik klubiga” qaytishni istamayapti.
Bu haqida, Rodrigesning do'sti bo'lmish kolumbiyalik qo'shiqchi Pipe Pelaes xabar berdi.
“Oxirgi marta Xamesga «Real» klubi haqida savol berganimda, u Madridga qaytib borishni istamayotganini aytgan edi. Va men bu haqida boshqa so'ramadim.
Men uning kelajakdagi maqsadlari bilan qiziqdim. Xames menga kelgusida nima qilishini aniq bilmasligini, lekin «Real» klubiga qaytmasligini aytdi”,- deydi Pelaesa.
Rodrigesning «Real» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha tuzilgan.
«Bavariya» klubi bilan ijara shartnomasi esa 2019 yil iyun oyida o'z yakuniga etadi.