“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu matbuot bilan aloqani uzganini ma'lum qildi. Bu haqda “Marca” nashri xabar bermoqda. Portugaliyalik futbolchining fikricha, OAV ataylab uning obro'sini to'kishga harakat qilmoqda.
Ronaldu “APOEL” bilan o'yindan keyin jurnalistlarga nisbatan keskin e'tiroz bildirdi. Futbolchining fikricha, u jurnalistlarning savollariga javob beradi, lekin jurnalistlar umuman boshqa, futbolchi aytmagan gapni yozishadi. Shu bois Ronaldu agentiga jurnalistlar bilan suhbatlashishni ma'lum muddat taqiqladi.