“Real” himoyachisi Ramos “Atletiko”ga qarshi o'yinda burnini sindirib olgan va maydonni erta tark etgandi. Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik futbolchi “Malaga”ga qarshi La Liga uchrashuvi va «Fuenlabrad”ga qarshi kubok javob o'yinida maydonga tushmaydi. Ramos faqatgina 2 dekabrda “Atletik”ka qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin.
Hozircha Ramosning maxsus niqob bilan tushishi yoki tushmasligi noma'lum. U mashg'ulotlarda niqob taqmaslikni ma'qul ko'rmoqda.