"Real" yarimhimoyachisi, hozir "Bavariya"da ijarada to'p surayotgan Hames Rodriges madridliklar safiga qaytishni istamayapti, deya xabar beradi futbolchining do'sti, kolumbiyalik qo'shiqchi Pipe Pilaes.
"Oxirgi marta Hamesga "Real" haqida gapirganimda, u qaytishni istamayotganini aytgan di. Unga bu mavzuda boshqa savol bermadim. Faqat keyingi rejalarini so'radim. U esa buni bilmasligini, faqat "Real"ga qaytishni istamayayotganini aytdi", - deya Pilaesning so'zlarini keltiradi Marca.
Rodrigesning "Real" bilan shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan. Uning "Bavariya"dagi iara muddati 2019 yilda tugaydi.