"Real" klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Fernando Yerro Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi sport direktori etib tayinlandi.
Bu haqida "qizil furiya"ning rasmiy tvitteri xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, Yerro 2007 dan 2011 yilgacha shu lavozimda ishlagan edi.
Marca xabariga ko'ra, Serxio Ramos, Xerard Pike, Serxio Buskets va Andres Inesta 49 yoshli Yerroni ushbu vazifa bilan tabrikladilar.
Yerro federatsiyadan ketganidan so'ng "Malaga"da bosh direktor, "Real"da Karlo Anchelottiga yordamchi va "Ovedo" bosh murabbiy bo'lib ishlagan.