“Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar “Real” klubi o'yinlarini kuzatib borishi, lekin ayni paytda Londondagi hayotdan norozi emasligini aytib o'tdi.
“Real” klubiga bo'lgan hurmatim baland. “Chelsi” bilan yana ikki yillik shartnomam bor. Agar ketish istagi paydo bo'lsa, bu muammo emas. Biroq hozircha men “Chelsi” futbolchisiman.
Barcha meni “Real”ga bo'lgan muhabbatim o'zgacha ekanligini biladi, lekin hozircha “Chelsi”ga tegishliman. Deyarli har yili, turli mish-mishlar paydo bo'ladi.
Shunda ham “Chelsi” futbolchisi bo'lib qoldim. “Lill”da o'ynagan vaqtim meni PSJga chorlashgan, biroq klubimga sodiq qolganman.
Hozir ham o'sha tarix yana takrorlanmoqda” — deydi Azar Canal+ efiriga bergan intervyusida.