UEFA 5-turdan o'rin olgan "APOEL" va "Real Madrid" uchrashuvida yuzaga kelgan Daniel Karvaxal bilan vaziyatni qaytadan ko'rib chiqishni rejalashtirmoqda.
Gap shundaki ispaniylik himoyachi uchrashuv yakunida outdan to'pni o'yinga kiritishni paysalga soldi va shu orqali hakamdan sariq kartochka ishlab oldi. UEFA tartib-intizom qo'mitasi esa bu xolat Dani tomonidan ataylab qilingan deya gumonlanmoqda. Sababi Karvaxal bu kartochka orqali turnirda 3-sarig'ini ishlab oldi va so'nggi 6-turni o'tkazib yuboradi pley-offga esa "tozalanib" olgan xolda maydonga tushishni reja qilgan deya shubxaga bordi.
Bu qoida buzarlik reglament 15-moddasida "ataylab sariq kartochka ishlashga urinish" bandida ko'rsatilgan. Agarda qo'yilgan ayb o'z tasdig'ini topsa Karvaxal so'nggi 6-turda "Borussiya"ga qarshi baxs va 1/8 final dastlabki uchrashuvini ham o'tkazib yuborishga majbur.
2010/11-yilgi mavsumda Serhio Ramos va Xabi Alonsolar ham xuddi shunday ayblov bilan jazolagan edi. Qolaversa, o'tgan mavsumda Jerard Pike ham.