UEFA «Real» klubi himoyachisi Daniel Karvaxalning Chempionlar Ligasi 5-turi doirasida Kiprning APOEL klubiga qarshi kechgan uchrashuvda atayin sariq kartochka olgan deb intizomiy ish ochdi.
Qozonilgan g'alaba ispan jamoasiga pley-off eshiklarini ochib berdi.
Karvaxal o'yinning 90-daqiqasida vaqtni cho'zganligi uchun sariq kartochka ishlab oldi va bu ogohlantirish uning uchun Chempionlar Ligasidagi ushbu mavsumda uchinchisi bo'ldi.
Bu shuni ko'rsatadiki, himoyachi «Borussiya»ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi, ammo pley-offda maydonga qayta oladi.
Ushbu ish 7 dekabr sanasida ko'rib chiqiladi, deya xabar qilinmoqda UEFAning rasmiy saytida.