“Real” prezidenti Florentino Peres oxirgi natijalardan norozi. U bir yo'la 5 nafar futbolchini sotishga qaror qildi.
Ispan nashrlarining xabar berishicha, “qirollik klubi” qishki va yozgi transferlar vaqtida 5 ta futbolchi bilan xayrlashadi. Bular Markos Lorente, Lukas Vaskes, Garet Beyl, Karim Benzema va Borxa Mayorallardir.