"Real" prezidenti Florentino Peres jamoaning ushbu mavsumdagi natijalaridan qoniqish hosil qilmayapti. Klub rahbarining fikricha, jamoadagi qariyalardan voz kechib, tarkibni yangilash vaqti keldi.
Peres yozda jamoaga olib kelish uchun 5 nafar futbolchidan iborat ro'yxatni tuzib qo'ydi. «Real» ularni sotib olish uchun har qanday puldan voz kechishga tayyor. Ma'lumotlarga qaraganda, Peresning ro'yxati quyidagicha: «Tottenxem» futbolchilari — Xarri Keyn va Dele Alli, "PSJ" himoyachisi Markinos, «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala va «Atletik» darvozaboni Kepa Arrisabalaga. "MYu" posboni David de Xeaning nomzodi ko'rib chiqilmayapti.