"Real"ning jarohat olgan 3 futbolchisi jamoaning umumiy mashg'ulotlarida ishtirok etish arafasida turibdi. Darvozabon Keylor Navas, yarim himoyachilar — Mateo Kovachich va Garet Beyl jarohatdan to'liq forig' bo'lishdi.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan xabar berishicha, ushbu futbolchilar payshanba kunidan boshlab mashg'ulotlarda to'liq ishtirok eta boshlaydilar. Ular La liganing 13-turi doirasida bo'ladigan «Malaga»ga qarshi o'yinda maydonga tushishlari mumkin.