UEFA «Real» himoyachisi Daniel Karvaxalga nisbatan intizomiy ish ochdi.
Tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatishicha, 25 yoshli futbolchi Chempionlar ligasining 5-turi doirasida bo'lib o'tgan APOELga qarshi o'yinda (6:0) ataylab sariq kartochka olganlikda ayblanmoqda.
Karvaxal bahsning 90-daqiqasida vaqtni cho'zgani uchun ogohlantirish olgandi. Futbolchi uchun mazkur ogohlantirish ushbu mavsumdagi uchinchisi bo'ldi va u 6-turda Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Ammo u pley-off bosqichida ishtirok eta oladi.
Ya'ni, Karvaxal pley-off bosqichi oldidan "tozalanib" olishga qaror qilgan ko'rinadi.