"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan oxirgi vaqtlar ko'p tanqid qilinayotgan Karim Benzema haqida fikr bildirdi.
"Avvalom bor aytishmi kerakkki, men Benzema bilan doim gaplashib turaman. Boshqa o'yinchilar bilan ham shunday. Umuman olganda, men ham, Benzema ham ko'p gapirishni yoqtirmaymiz, hayajonlarni ham ichimizda saqlashga harakat qilamiz. Tanqidlar uni ko'p tashvishga solmaydi, chunki u qaysi amoada o'ynayotganini yaxshi biladi. U kuchli futbolchi, biz esa undan ko'proq narsa kutamiz", - deydi Zidan.