Myunxenning "Bavariya" klubi sport-direktori Karl-Xaynz Rummenigge finalda "Yuventus"ga muxlislik qilishini aytib o'tdi. Shuningdek, "Bavariya"ning "Real"ga qarshi uchrashuvda hakamning yordami bilan keyingi bosqichga chiqganini aytib o'tdi.
"Final? yashirmayman finalda "Yuventus"ga muxlislik qilaman. "Real"ga qarshi o'yinda juda muhim edi va hakam qo'pol xatolar qildi. Balki, yaxshiroq hakam qo'yilganda "Bavariya" "Real"ni yengan bo'larmidi, biroq endi faqat olg'a borishimiz kerak. Umid qilaman, keyingi o'yinlarda saviyasi yuqoriroq hakamlar o'yinlarga qo'yiladi."- deydi Rummenigge.
Ma'lumot uchun, "Real" va "Bavariya" o'rtasidagi baxsning 84-daqiqasida Viktor Kashshay Arturo Vidalga qizil kartochka ko'rsatib maydondan chetlatgan edi. Va natijada myunxenliklar ekstra-taymda uchinchi va to'rtinchi to'plarni o'tkazib yuborgan edi.