"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning ushbu mavsumdagi tarkibidan o'z noroziligini yashirib o'tirmayapti. Uning fikricha, ko'p yosh futbolchilar hali tajribaga ega emas. Portugaliyalik futbolchi yarim himoyachi Isko va hujumchi Marko Asensio bilan munosabatlarni yomonlashtirib yubordi.
Bundan tashqari, to'rt karra "Oltin to'p" sohibi Dani Sebalosni chiqishtirmayapti. Yozda "Betis"dan Madridga ko'chib o'tgan 21 yoshli futbolchi jamoadan ketish haqida o'ylay boshladi.
Shuningdek, Krishtianu Ronaldu La liga chempionligi uchun kurashdan umidini uzdi hamda "Real" bosh e'tiborini Chempionlar ligasiiga qaratishi istamoqda.