«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Evropa chempionlar ligasining ushbu mavsumida qaysi jamoa favorit ekanini ta'kidladi. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, odamlar "Siti"ni musobaqa g'olibligi uchun da'vogarlar safiga kiritishayotganidan xursandligini yashirmadi.
«Barselona», «Real» va boshqa jamoalar favorit hisoblanadi. Odamlar bizni da'vogarlar safiga kiritayotgani ulkan sharaf, lekin biz hali hech narsaga erishmadik.
Evroda qandaydir sovrinni qo'lga kiritish uchun jamoamiz olis tarixga ega. Biz nimchorak finalga chiqdik, ammo pley-offda nimalar bo'lishini oldindan bilmaysan. Albatta, ikkinchi o'yinni uyda o'tkazgan yaxshi.
Men va futbolchilar uchrashuvlarda g'alabaga shaylanamiz. Chempionlar ligasi — nufuzli turnir. Biz g'alaba uchun o'ynaymiz», – dedi Gvardiola.