"Atletik Bilbao" hujumchisi Ariz Aduriz "Villarreal"ga qarshi o'yinda gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
37 yoshli hujumchi bu orqali Primeroda bosh bilan kiritgan gollar sonini 48 taga yetkazib oldi. Endilikda Ispaniya La Ligasida eng ko'p bosh bilan gol kiritgan futbolchi Ariz Aduriz deya ta'riflanadi, bundan oldin bu unvonga Krishtianu Ronaldu sazavor bo'lib turgan edi. Ronaldu hozirgacha Primeroda 47 marta bosh bilan gol kiritishga erishgan.
Bu ro'yxatning 3-pog'onasida yana bir madridist Serhio Ramos bormoqda. Ramosning hisobida 33 ta bosh bilan urilgan gol bor.