Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo “Atletiko”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (0:0) dan so'ng o'z fikrlarini aytib o'tdi.
“Hakam o'yinda 3 yoki 4 marta penalti belgilaydigan vaziyatlarni e'tiboridan chetda qoldirdi. O'ylaymanki, ular bu qarorlarni noto'g'ri qabul qilishdi.
Mayli, xatolar futbolda bo'lib turadi. Hozirda “Real” azaliy raqibi “Barselona”dan 10 ochko ortda qolmoqda. Albatta, nima bo'lgan taqdirda ham ruhiyatni tushirmasdan oldinga harakat qilishimiz zarur.
Ramos hamda Ronaldu o'rtasidagi janjal? Bu haqda hech qanday ma'lumot bilmayman” - deydi Marselo.