"Real Madrid" rasmiy sayti xabariga ko'ra jamoamiz sardori Serhio Ramos burnidan olgan jarohati uchun jarrohlik amaliyotida qatnashishi shart emas. Tekshiruvlardan so'ng shifokorlar operatsiya qilinishiga sabab yo'q deb hisobladi. Bo'lajak o'yinlarda Ramos niqob ostida uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandez butsasi bilan Ramosning yuziga qattiq zarba bergan edi. Tanaffusdan so'ng esa "El Kapitano" zahiraga olingan.