"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Madrida derbisida "Real" bilan qayd etilgan golsiz durang haqida fikr bildirayotib, jamoa hujumchisi Antuan Grizmann borasida gapirdi.
"Uydagilarim menga o'rtgatganidek, bir oila bo'lsang, o'limga qadar sevishing kerak. Grizmann - bizning oilamiz a'zosi.
Bugun dunyoning eng yaxshi klubiga qarshi o'ynadik, uning futbolchilari to'p bilan juda yaxshi muomala qiladilar. O'yin o'zimiz kutganidek kechdi, ammo yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi", - deydi Simeone.
Grizmann 723 daqiqadan buyon gol ura olmayapti, bu uning Madrid klubidagi eng yomon natijasi.