"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl kelasi yozda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilishi mumkin.
The Times nashri xabariga ko'ra bu transferga "qizillar" ustozi Joze Mourinyo shaxsan o'zi boshchilik qilmoqda. Mourinyoning fikricha Beylning jarohatga moyilligi uni bezovta qilmaydi va portugaliyalik murabbiyi uelslik futbolchini yana yuqori saviyasiga olib chiqa olishini ta'kidlagan.
Madridliklar hozirda Beylni 70-80 mln yevroga sotishga tayyor, ikki yil oldin esa futbolchining narxi 2 barobar qimmat edi.