"Real" prezidenti Florentino Peres 2017/18 yilgi mavsum so'ngida jamoada jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi.
"Qaymoqranglilar" rahbari birdaniga 6 nafar futbolchining xizmatidan voz kechmoqchi. Ushbu "qora ro'yxat"dan jamoa etakchilaridan biri Luka Modrich ham bor. Peresning fikricha, 32 yoshli xorvatiyalik futbolchining o'yinidan pasayish yuzaga kelgan va u endi talabga javob bermaydi.
Shuningdek, klub rahbari Nacho, Keylor Navas, Karim Benzema, Lukas Vaskes va Garet Beylni sotib yubormoqchi. Uelslik futbolchi ketma-ket jarohatlari bilan Peresning joniga tekkan.
"Real" "PSJ" hujumchisi Neymar bilan shartnoma imzolash uchun bor kuchini beradi. Braziliyalik futbolchini xarid qilish uchun "Qirollik klubi" katta maosh olayotgan yuqoridagi futbolchilarni sotishga tayyor.