"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoa futbolchilari — Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramos o'rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Real" EChL doirasida "Tottenxem"ga imkoniyatni boy berganidan keyin Ronaldu, agar jamoani Morata, Pepe va Xames kabi futbolchilar tark etmaganida, "Qirollik klubi" yanada kuchliroq bo'lgan bo'lardi, degan mazmunda fikr bildirdi. Ramos esa portugaliyalik futbolchining fikrlarini qo'shilmadi hamda Krishtianuni ikkiyuzlamachi deb atadi.
"Ramos va Ronaldu istagan narsalarini gapirishi mumkin. Ular ko'p vaqtdan beri jamoada birga o'ynab kelishmoqda hamda klub afsonalari hisoblanishadi. Barcha o'z fikriga ega bo'lish huquqiga ega. Ammo ular o'zaro kelishib olishdi. Bu eng muhimi. Jamoa xotirjamlik bilan "Atletiko"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rmoqda", – dedi Zidan.