"Liverpul" yarimhimoyachisi Filippe Koutino kelasi mavsumda ham jamoada qolish istagi haqida gapirdi.
"Agar "Liverpul"da qolsang - stadion oldida senga haykal o'rnatishlari mumkin. Agar "Barselona", "Real" yoki "Bavariya"ga o'tsang - oddiy o'yinchiga aylanasan. "Liverpul"da sen o'zgacha bo'lishing mumkin. Menda "Liverpul" bilan uzoq muddatli shartnoma bor. Mish-mishlarni jurnalistlar tarqatadilar.
Biz chempionatni yaxshi boshlagan edik, keyin sho'ng'idik. Ammo vaziyatni o'nglab, mavsumni yuqori saviyada tugata oldik", - deydi Koutino.
"Liverpul" mavsum yakuniga ko'ra APLda 4-o'rinni egalladi va chempionlar ligasiga yo'llanma oldi.