"Real" forvardi Krishtianu Ronaldu chempionlar ligasi guruh bosqichidagi holat sabab pley-off bosqichida "PSJ"ga qarshi tushib qolishdan qo'rqmasligini ma'lum qildi.
"Men "PSJ"dan qo'rqmayman. Biz eng nufuzli turnirning so'nggi 2 tasida g'alaba qozonganlarmiz va bu hurmatga loyiq. To'g'ri, guruhda 1-o'rinni egallashni istaymiz. Biroq, eng muhimi pley-offga yo'l olish", - deydi Ronaldu.
Eslatib o'tamiz, Madridliklar H guruhida 7 ochko bilan ikkinchi pog'onani egallab turibdilar va peshqadam "Tottenhem"dan 3 ochkoga ortda qolmoqdalar.
RealBlancos