Jamoa sardori va liderining munosabati "tupik"ga qarab ketmoqda.
So'nggi paytlarda "Real Madrid" futbolchilari Serhio Ramos va Krishtianu Ronalduning munosabatlari chigallashib bormoqda. Barchasi "Tottenhem"ga qarshi uchrashuvdan keyin Ronalduning bergan intervyusidan so'ng boshladi. O'shanda Ronaldu jamoa Pepe, Xames va Moratalarsiz kuchsizlashib qolganligini ta'kidlagan edi.
Oradan bir necha kun o'tib Ramos Ronalduning fikriga qarshi chiqdi. "El Kapitano" Krishtianuning fikriga qo'shilmasligi, "Madrid" hali hamon kuchli ekanligini, shunchaki omadsiz uchrashuvlar bo'layotganligini ta'kidlagan edi.
Shu bilan bir qatorda Ramos "Las-Palmas"ga qarshi baxsda Ronaldu Iskoning golidan so'ng norozi bo'lganligi haqida ham fikr bildirib o'tdi. "Ronaldu hamisha norozi bo'lib yuradi, agarda gol ura olmasa. Bu esa kiyinish xonasida o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi", - degan edi.
Serhioning eng so'nggi intervyusi esa olovga benzin sepkandek bo'ldi. Sababi Ramosga Ronalduni ketishi haqida savol berilganda u: "Buni o'zidan so'rang" deb javob qaytargani bo'ldi.