AS nashri xabariga ko'ra "Atletik Bilbao" darvozaboni Kepa Arrisabalaga "Real"ga o'tishga juda yaqin.
23 yoshli futbolchi, "Real" izlayotgan yagona darvozabon. Madridliklar rahbarlari allaqachon o'z jamoasining darvoza chizig'ini kuchaytirishga qaror qabul qilib bo'lishgan. Aynan bu chiziqqa Kepadan boshqa nomzod ko'rib chiqilmayapdi.
Golkiperning "Atletik" bilan shartnomasi mavsum yakunida o'z nixoyasiga yetadi. "Qirollik klubi" esa Arrisabalagani "Real"ga o'tishiga ishonchli komil. Skautlar ham ancha yillardan beri uning o'yinlarini kuzatib kelishadi.