"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish uchun qiziq taklifga ega.
32 yoshli portugaliyalik futbolchi faoliyatini AQShning "Los-Anjeles" klubida davom ettirishi mumkin. Bu klub 2018 yildan boshlab MLSda ishtirok eta boshlaydi. Kaliforniyaliklar tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha Ronalduni qiziqtirib qo'ydi. Klub rahbariyati kuchli jamoa tuzishni rejalashtirmoqda hamda AQSh terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Bob Bredli "Los-Anjeles"ga taklif etildi.
Ronalduning MLSga ko'chib o'tishiga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan yagona jihat — jahon futbol toji uchun Lionel Messi bilan raqobat qilish imkoniyatini yo'qotishidir.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ispan OAVda Ronaldu 2018 yilning yozida "Real"ni tark etish istagi borligi haqida xabar tarqalgandi.