Shu paytga qadar “Tottenxem” a'zosi Kristian Eriksonga sanoqli klublar qiziqayotgandi. Biroq jahon chempionati saralashida Daniya termasi safida fantastik o'yin ko'rsatgach, 25 yoshli futbolchining oshiqlari ancha ko'paydi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ayni paytda Eriksonda “Real”, “Barselona”, “Bavariya”, “Yuventus”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” va boshqa jamoalar qiziqish bildiryapti. Ammo “shporlar” Eriksonni 120 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Joriy mavsumda Erikson klub safida 15 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 4 ta assistentlik qildi. Terma jamoa safida esa 9 ta o'yinda 9 ta gol kiritdi.