"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Real" hujumchisi Karim Benzemaning sha'niga iliq so'zlar aytdi.
BU o'yinchilar Ispaniya chempionatining 12-turida poytaxt derbisida o'zaro to'qnashadilar.
"Benzema - juda kuchli hujumchi va mening do'stim. Frantsiya termasida undan ko'p narsa o'rganganman. U ushbu mavsumni jarohati tufayli omadli boshlamadi. Umid qilamanki, uning ishlari joyiga tushadi", - deydi Grizmann.
Madrid derbisi 18 noyabr kuni "Atletiko" maydonida bo'lib o'tadi.