«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl yozgi transfer paytida o'z jamoasini tark etishi mumkin. Uelslik futbolchi ketma-ket jarohat olayotgani bois madridliklar rahbariyati uni sotishga qaror qildi. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar tarqatdi.
Avvalroq "Qirollik klubi" 28 yoshli futbolchini 85 million funt sterlingga sotishni maqsad qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Beyl ushbu mavsumda La liga doirasida 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.