Ispaniya terma jamoasi safida jarohat olgan Isko "Real"ning navbatdagi o'yinida ishtirok etishi mumkin. Yarim himoyachi bugun "Qirollik klubi"ning umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etdi.
Zidan 18 noyabr kuni bo'ladigan "Atletiko"ga qarshi o'yinda Iskoning xizmatidan foydalanishi mumkin.
Shuningdek, jarohatini tiklayotgan Mateo Kovachich ham ilk marta jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etdi.