“Torino” hujumchisi Andrea Belotti top-klublar e'tiboriga tushdi. Klub ham hujumchisini faqat boshqa chempionat jamoalariga sotishi mumkinligini ta'kidlagan. Belottining o'zi esa xalqaro sovrinlarni qo'lga kirita oladigan jamoaga o'tishni niyat qilgan. Futbolchining narxi 89 mln funtni tashkil etadi.
Ayni paytda Belottiga “Real”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jamoalari qiziqmoqda. Bu kurashda asosiy favorit esa “Real” hisoblanadi.