Germaniyaning Bild nashri xabariga ko'ra "RB Leypzig" klubi "Benfika" hujumchisi Umar Embaloga qiziqmoqda.
Xabarlarga ko'ra "Leypzig" 16 yoshli forvard uchun 13 mln yevro taklif etgan. Shuningdek, yosh hujumchiga "Real" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
"Yevropaning grand klublari Umarga qiziqish bildirmoqda, buni tasdiqlayman. Hozirda unga Angliya, Ispaniya, Fransiya va Germaniyadan takliflar tushmoqda. "Manchester Yunayted"ga o'tadimi yo'qmi buni bilmayman. Biz "MYU" klubi rahbarlari bilan uchrashdik va "Benfika" klubi bilan ham. Biroq hozircha hech qanday kelishuv yo'q", - deydi futbolchining vakili Kato Balde.