Bilbaoning “Atletik” klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga qishgi transferlar mavsumida “Real”ga ko'chib o'tishi mumkin.
Marca nashrining xabariga ko'ra, transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin. Chunki, darvozabon jamoasi bilan shartnomani uzaytirmayapti, bu esa uni o'yin amaliyotisiz qolib ketishiga xavf tug'diradi. Kepa o'yin amaliyotisiz qolib ketsa, Ispaniya terma jamoasi safida JCh musobaqasi ishtirokidan chetda qolishi mumkin.
Shuning uchun, Arrisabalaga qishda “qirollik klubi” taklifini qabul qilish istagida. Bundan tashqari, “qirollik klubi” rahbariyati Arrisabalagani sotib olishga qarshi emas.
Ma'lumot uchun, Arrisabalaganing “Atletik” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar davom etadi.