“Oyning o'n beshi yorug' bo'lsa, o'n beshi qorong'i”, deyishadi. Ayni shu naql “Real”ning qismatida o'z aksini topmoqda. O'tgan mavsumda Zidanning rotatsiyasi tufayli mavsum oxirida ham charchoq nimaligini bilmagan futbolchilar bu safar mavsum boshlanishidayoq yaroqsiz holatga kelib qolishyapti. Ayni shu sabab “Real” ayni paytda peshqadamni ancha oldinga o'tkazib yubordi, qolaversa, yaqinda bo'lib o'tadigan Madrid derbisiga ham ancha achinarli holatda etib kelmoqda.
NAVAS YO'Q!
Birinchi yo'qotish bu Keylor Navas hisoblanadi. Boisi klub zaxirasida uning o'rnini to'liq bosa oladigan darvozabon yo'q. Kiko Kasilya esa Navas darajasida emasligini oldingi o'yinlarda ko'rsatib qo'ydi. Demakki, “Atletiko”ga qarshi o'yinda ham darvoza chizig'i “Real”ning ojiz nuqtalaridan biriga aylanishi mumkin.
KARVAXAL' QAYTDI, AMMO…
Madrid klubining himoyasi anchadan beri nochor bo'lib qolmoqda. To'g'ri, Karvaxal qaytdi, ammo u “Atletiko”ga qarshi o'yingacha formasini tiklab olishi mushkulroq. Qolaversa, u kasalligini hali to'liq engib ulgurmagan. Bundan tashqari, Varanda ham shunday holat, u ham jarohatidan to'liq forig' bo'lgan emas. Marselo avvalgidek o'ynamayapti, futbolchida aqldan ko'ra jahl ustun kelmoqda oxirgi paytlarda. Demakki, Zidanda mukammal himoya yaratish borasida ham muammo tug'ilishi tayin.
AVVAL BEYL, ENDI ISKO
Davomi