“Real” a'zosi Garet Beylning oilasida dahshatli fojia yuz berdi. Futbolchining 29 yoshli pochchasi (opasining eri) Aleksander Uilyams Kardiff yaqinidagi uyidan o'lik holda topildi. Bu haqda “Marca” nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, politsiya tergovni boshlab yuborgan, hozircha mazkur fojiaga oid shubhali ma'lumotlar topilmagan.