"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunidan so'ng Madridni tark etmoqchi va u bu haqida klub prezidenti Florentino Peresni xabardor qildi.
Bu haqida Ispaniya MEGA TV sining El Chiringuito loyihasi ma'lum qildi.
Xabarga ko'ra, "Real" rahbari jamoaning etakchi futbolchisini 2018 yilning yozida qo'yib yubormoqchi emas. Ronalduga yangi shartnoma taklif qilindi, ammo futbolchi buni rad etdi.
Ispan matbuotiga ko'ra, Ronaldu o'zini "Real"da etarli darajada qadrlanmayapti, deb hisoblamoqda. Mbappeni sotib olishga urinishlarni o'ziga bo'lgan hurmatsizlik deb bilmoqda.
Avvalroq, madridliklar Ronalduni shartnomasi yakunlangandan so'ng yoki bungacha Neymarni qo'shib olish harakatidalar. Ronalduning shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi.